Sport | 16:40 / 10.12.2016
20824
5 daqiqa o‘qiladi

La-liga, 15-tur anonsi. "Barselona" uchun noqulay autsayder, rekord arafasidagi "Real Madrid" va boshqa muhim o‘yinlar

Bugun, 10 dekabr kuni La-liganing 15-turi start oladi. Unda markaziy o‘yin 4-o‘rin uchun "Vilyarreal" va "Atletiko Madrid" o‘rtasida kechadi. "Real Madrid" "Deportivo" bilan mag‘lubiyatsiz o‘yinlar sonini 35taga yetkazish uchun kurashsa, "Barselona" grandlar uchun noqulay autsayder bo‘lgan "Osasuna" maydoniga safar qiladi. 

 

“Osasuna” – “Barselona” (Uzreport TV)

Hozirda qoniqarsiz natijalar sabab ko‘p bora tanqid ostiga olinayotgan “Barselona” klubi turnir autsayderi bo‘lgan “Osasuna” maydoniga safar qiladi. “Osasuna” ko‘p yillardan buyon musobaqa jadvalining quyi qismida boradigan jamoa sifatida tanilgan bo‘lsa-da, o‘z maydonida grand jamoalarga doimo jiddiy qarshilik ko‘rsatib keladi. Bunga hattoki “Real Madrid” ustidan safarda yirik g‘alabalarga erishgan “Barselona” ham 2010 yildan buyon “Osasuna”ni 3 to‘p farqi bilan mag‘lub qila olmagan.

“Barselona”ning so‘nggi 3ta safar o‘yinlari natijasi
Osasuna – Barselona 0:0
Osasuna – Barselona 1:2
Osasuna – Barselona 3:2
O‘yin 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 17.00da “El-Sadar” maydonida bo‘lib o‘tadi. 

 

“Real Sosedad” – “Valensiya”

Joriy mavsumda 8 marotaba mag‘lubiyatga uchrab, 17-o‘rinda borayotgan “Valensiya” klubi 6-o‘rinda borayotgan “Real Sosedad” mehmoni bo‘ladi. “Barselona”ga qarshi ijoyib o‘yindan so‘ng, “Deportivo” uyiga mehmon bo‘lib, yirik 5:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Real Sosedad” “Valensiya”ga qarshi so‘nggi 5ta uy uchrashuvida 4ta g‘alaba va 1ta durang qayd etgan.

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Valensiya – Real Sosedad 0:1
Real Sosedad – Valensiya 2:0
Valensiya – Real Sosedad 2:0
O‘yin 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20.15da “Anoeta” maydonida bo‘lib o‘tadi. 

 

“Real Madrid” – “Deportivo” (Uzreport TV)

 

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Deportivo – Real Madrid 0:2
Real Madrid – Deportivo 5:0
Real Madrid – Deportivo 2:0
O‘yin 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 00.45da “Santyago Bernabeu” maydonida bo‘lib o‘tadi.
 

“El-klasiko”da mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni borasida klub rekordi takrorlagan “Real Madrid” “Deportivo”ga mag‘lub bo‘lmasa, qatorasiga 35ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramay, jamoa tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etadi. “Deportivo” joriy mavsumda 7ta safar o‘yini o‘tkazib, ularning 4ta mag‘lubiyatga uchragan va 3tasida durang natijaga erishgan. 

 

“Vilyarreal” – “Atletiko”

Hozirda 23 ochko bilan 5-o‘rinda borayotgan “Vilyarreal” o‘zidan 2 ochko ko‘p to‘plab, 4-o‘rinda borayotgan “Atletiko Madrid”ni qabul qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, “El Madrigal” o‘yingohida 4-pog‘ona uchun kurash kechadi.

So‘nggi 3ta o‘yin natijasi
Atletiko – Vilyarreal   0 : 0
Vilyarreal – Atletiko   1 : 0
Vilyarreal – Atletiko   0 : 1
O‘yin 13 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 00.45da “El Madrigal” maydonida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid