Iqtisodiyot | 08:00 / 07.10.2024
10096
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Ibn Sino bozori binosi sotuvga qo‘yildi

E-auksion platformasida poytaxtning Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosi sotuvga qo‘yildi. 

Foto: e-auksion.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bino sotuvi haqida E-auksion platformasida e’lon joylandi.

Xaridor obekt negizida ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasi asosida «ekobozor», savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar markazlarni qurishi kerak. Binoning umumiy maydoni 0,45 gektarga teng.

Obekt Vazirlar Mahkamasining iyun oyidagi qaroriga binoan sotuvga chiqarilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 28,03 mlrd so‘m. Arizalar 31 oktyabr kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi va natijalar o‘sha kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.

Mavzuga oid