Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: AQSh sanksiyalariga Rossiya tomonidan yangi choralar ko‘rilmaydi
Foto:Sergey Fadeichev/TASS
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Rossiya, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalarni qo‘llash haqidagi qarorning imzolanishi vaziyatni o‘zgartirmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma'lum qildi.
“De-fakto bu hech narsani o‘zgartirmaydi. Qanday javob choralar? Hech qanday yangi narsa yo‘q, javob choralari ko‘rilgan», deb aytgan Peskov Tramp tomondan imzolagan qonun qanday ta'sir ko‘rsatishi va Rossiya tomondan javob choralari ko‘rilishi haqidagi savolga javoban.
Peskovning ta'kidlashicha, Trampning tegishli qonun loyihasini tasdiqlashi mohiyatan “yangilik emas”. “Gap shundaki, qonun loyihasi qabul qilingan va u prezident imzosi qo‘yilgani yoki qo‘yilmaganidan qat'iy nazar, avtomatik ravishda qonun bo‘lardi”, deb aytgan Peskov.
Avvalroq Tramp Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qonunni imzolagandi.
Mavzuga oid
16:12
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
15:47
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
13:50