O‘zbekiston | 15:23 / 11.09.2024
5153
1 daqiqa o‘qiladi

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boshlanmoqda. O‘zbekiston turnirda amaldagi chempion sifatida qatnashadi

Bugun, 11 sentabr kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi start oladi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi ushbu musobaqaga amaldagi chempion sifatida yo‘l olgan. Mamlakatimiz erkaklar va ayollar terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar terma jamoasi: 

⁃ Nodirbek Abdusattorov
⁃ Javohir Sindarov
⁃ Nodirbek Yakubboyev
⁃ Shamsiddin Vohidov
⁃ Jahongir Vahidov

Qizlar terma jamoasi:

⁃ Afruza Hamdamova
⁃ Nilufar Yakubbayeva
⁃ Umida Omonova
⁃ Marjona Malikova
⁃ Nodira Nodirjonova

Yigitlarimizga 1-turda Trinidad va Tobago terma jamoasi raqib bo‘lsa, qizlarimiz Gaiti bilan kuch sinashadi. Musobaqa shveysarcha formatda jami 11 ta turdan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi chempion bo‘lgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasining o‘yinlarini 11 sentabr kuni soat 18:00 dan boshlab UzChess YouTube kanalida jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Mavzuga oid