Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning barcha yo‘llari tezkor va xavfsiz bo‘ladi – muammoli chorrahalarga yechim taklif etildi
Chorraha zichlanadi, burilish radiuslari qisqaradi va ortiqcha kenglik olib tashlanadi. Piyodalar uchun xavfsizlik orolchalari barpo etiladi. Svetoforlarni boshqarish bo‘yicha intellektual tizim tashkil etiladi. Barcha yo‘nalishlarda videodetektorlar qo‘yiladi.
Toshkent shahridagi muammoli chorrahalarda zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlarni qo‘llab, tirbandliklarni bartaraf etish va piyodalar xavfsizligini ta’minlash choralari taklif etildi.
Qayd qilinishicha, chorraha zichlanadi, burilish radiuslari qisqaradi va ortiqcha kenglik olib tashlanadi. Piyodalar uchun xavfsizlik orolchalari barpo etiladi.
Bu burilish joylarini xavfsiz qiladi va tezlikni pasaytiradi. Chorrahadan o‘tish vaqti ham haydovchilar, ham piyodalar uchun qisqaradi. Kutish vaqti kamayadi, xavfsizlik orolchalari uchun ham joy yetadi. Ular nafaqat piyodalarga yo‘lni kesib o‘tishda yordam beradi, balki avtomobillar harakatini tartibga solib, uni tushunish uchun osonlashtiradi.
Shu bilan birga, svetoforlarni boshqarish bo‘yicha intelektul tizim tashkil etiladi. U tirbandlik hosil bo‘lgan ko‘chalardagi oqimlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan.
Barcha yo‘nalishlarda videodetektorlar qo‘yiladi. Ular transport harakatini tahlil qiladi. Shundan keyin svetoforlar trafikka moslashadi.
Manyovrni kutayotgan avtomobillar qo‘shimcha polosalar hisobiga 90 foizga kamayadi. Chorrahadan o‘tish vaqti 30 foizga qisqaradi.
Toshkentning barcha ko‘cha va yo‘l tarmoqlariga bunday yondashuv o‘tkazish qobiliyatini sezilarli darajada oshirishi, yo‘llar tezkor va xavfsiz bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
11:08 / 19.02.2026
Katta halqa yo‘lida avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik o‘zgartirildi
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026