Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Qora juma"dagi eng xaridorgir mahsulot nomi ma'lum qilindi
Adobe Analytics xodimlari AQShda Target riteyleri saytida "Qora juma"da eng ko‘p sotiluvchi tovar katta yumshoq ayiq o‘yinchog‘i ekanini aniqlashdi. Silive nashri shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘yinchoq kun davomida daqiqasiga 600 donadan sotilgan. Shuningdek eng talab katta bo‘lgan tovarlar sirasiga Westinghouse rusumli 55 dyuymli televizor, Hexbug Battlebots Arena o‘yini, stol o‘yinlari va o‘yin pristavkalari kiritildi.
Eng mashhur tovarlar sifatida bolalar o‘yinchoqlari qayd etildi.
Bundan avval «Yandeks.Market» servisi "Qora juma"dagi eng mashhur xaridlar haqida ma'lumot bergandi. Unda sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Xiaomi Mi Band 2 bilakuzugi egallagan. Ikkinchi o‘rindan Mobiloo interaktiv plansheti joy olgan. Eng xaridorgir tovarlar uchligini Bort BPS-650-Q elektron qurilmasi yakunlagan.
"Qora juma" — AQSh va boshqa qator mamlakatlarning savdo tarmoqlarida yilda bir marta kuzatiluvchi katta chegirmalar kuni.