O‘zbekiston | 21:40 / 01.03.2018
18269
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«O‘zsanoatqurilishbank» «Oilaviy karta» xizmatini taklif etadi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank 

Tasavvur qiling, oilada bir o‘zingiz ishlaysiz, plastik kartochkangiz  ham bitta, farzandlaringiz va oila a'zolaringiz hammasi bir paytda sizning kartangizdan foydalana olmaydi...

O‘zsanoatqurilishbankda esa endi buning imkoni bor.

Mijozlar va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar hamda ularning xohish-istaklaridan kelib chiqib, yangidan joriy qilingan “Oilaviy karta” xizmati yordamida plastik kartangiz hisob raqamidagi mablag‘lardan oila a'zolaringiz bilan birgalikda foydalaning!

Ushbu xizmat orqali oila a'zolaringiz (ota, ona, aka, uka, opa, singil, turmush o‘rtoq va farzandlar) nomiga qo‘shimcha kartalar ochilib, o‘z hisob raqamingizga biriktiriladi.

“Oilaviy karta” xizmatining qulayliklari:

  • oilada har kim o‘z plastik kartasiga ega bo‘ladi;
  • qo‘shimcha kartalar limitlar o‘rnatilgan holda tasarruf etiladi;
  • mablag‘larni bir kartadan boshqasiga o‘tkazishga ehtiyoj qolmaydi;
  • hisob raqam egasi qo‘shimcha kartochkalarning operatsiyalarini UzPSB Mobile ilovasi yordamida monitoring qiladi;
  • oilaviy byudjyet oqilona tashkil etiladi, oila a'zolari xarajatlarini tahlil qilish va rejalashtirish imkoniyati mavjud.

Eng muhimi, oila a'zolaringiz limit doirasidagi mablag‘ni istagancha tasarruf etishlari (naqd ko‘rinishda yechish, xarid qilish, to‘lovni amalga oshirish, UzPSB Mobile ilovasi orqali boshqa kartaga o‘tkazish) mumkin.

Asosiy karta egasi ko‘zda tutilmagan xarajatlar borasida tashvishlanmasa ham bo‘ladi, chunki, har bir oila a'zosi ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar miqdoriga oylik limit o‘rnatadi.

Hisob raqami egasining xohishiga qarab, barcha qo‘shimcha kartalar yordamida amalga oshirilgan har bir operatsiya haqida uning mobil telefoniga SMS xabar kelib turishi mumkin.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Yana bir qulaylik, plastik kartalarni bir-biridan farqlash uchun egasining xohishiga qarab, individual dizayn asosida karta ustiga tabiat manzarasi, tarixiy binolar, multfilm qahramonlari, shaxsiy yoki oilaviy foto suratlarni qo‘yish imkoniyati ham bor.

O‘ZSANOATQURILIShBANK O‘Z MIJOZLARINI YuKSAK QADRLAYDI VA YaNADA QULAY HAMDA ZAMONAVIY XIZMATLARNI JORIY QILIShDA DAVOM ETADI!

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Bankning istalgan filialidan, veb-saytdan, shuningdek quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

120-45-42,  https://t.me/UzSQB https://www.facebook.com/uzpsb

UZPSB Mobile”:

http://goo.gl/rpgHor (Android)

https://goo.gl/LWUwHx (IOS).

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid