Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yangi birinchi o‘rinbosarini tayinladi
Kongratboy Sharipov / Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PQ-4339-sonli qarori bilan Kongratboy Avezimbetovich Sharipov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
K,Sharipov 1963 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan Ma'lumoti oliy, mutaxassisligi muhandis – mexanika, texnika fanlari doktori, professor.
1987-1991 yy. – Goryachkin nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish injyenerlari instituti stajyer-o‘qituvchisi, aspiranti. 1992-2001 yy. – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti traktor va avtomobillar kafedrasi ishlab chiqarish ustasi, assistenti, doktoranti va dotsenti. 2001-2003 yy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fakulteti dekan muovini, traktor va avtomobillar kafedrasi dotsenti, resurs tejamkor texnika va texnologiyalar muammoli ilmiy tadqiqot laboratoriya mudiri bo‘lgan.
2003-2007 yy. «ToshkentDEU» mas'uliyati cheklangan jamiyat bosh direktori, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti avtomobilsozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti, avtomobillar kafedrasida soatbay o‘qituvchi, 2007-2009 yy. O‘zbekiston – Koreya «TOShAFUS» qo‘shma korxonasi bosh direktori, (o‘rindoshlik asosida) Toshkent avtomobil yo‘llari instituti avtomobilsozlik texnologiyasi kafedrasi dotsenti, avtomobillar kafedrasida soatbay o‘qituvchi, 2009- 2009 yy. «Jyeneral Motors O‘zbekiston» yopiq aksiyadorlik jamiyati yangi loyihalarni boshqarish bo‘limi bosh menejyeri, 2009 - 2010 yy. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, 2010- 2017 yy. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, 2017 yildan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida ishlagan.
Mavzuga oid
20:55 / 29.08.2025
Oliy ta’lim vazirligi 5 ta xususiy universitetning qo‘shimcha litsenziyasini xatoga chiqardi. Adliya vazirligi xatolik bo‘lganini rad etdi
20:52 / 19.08.2025
Yangi o‘quv yilidan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim takomillashtirilgan standartlar asosida olib boriladi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
00:18 / 16.11.2020