Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi
2021 yil 1 sentyabrdan haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi. Bu “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilab qo‘yilgan.
Elektron shaklga o‘tkazish orqali quyidagi hujjatlarni haydovchilardan talab etish tartibi bekor qilinadi:
- avtomototransportni boshqarish uchun ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan);
- texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma'lumot;
- avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustdan quyidagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladi:
- avtomototransportlar va shahar elektr transportlari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish;
- avtomototransportlar va shahar elektr transportlar haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.
Mavzuga oid
18:18
Elektron ishonchnomalarni Vakolat.uz platformasi orqali rasmiylashtirish tartibi belgilandi
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
21:36 / 25.11.2025