Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.
Foto: KUN.UZ
Hukumat qarori bilan Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.
Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YaIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilish mumkin. Murojaatda kasanachi ma’lumotlari, subsidiya to‘lab berilishi lozim bo‘lgan hisobvaraq va manzili ko‘rsatiladi.
Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
- hujjatlar to‘liq taqdim qilinmaganida;
- kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi Yagona elektron shartnomalar portalida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda;
- kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma’lumot haqqoniyligi tasdiqlanmaganida.
Murojaat rad etilsa, bu haqda 1 kunda murojaatchiga xabar beriladi.
Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o‘tkazib beriladi.
Mavzuga oid
09:30 / 13.12.2025
Tadbirkorlikka ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha yangi nazorat tartibi joriy etildi
08:41 / 10.12.2025
Paxta xomashyosining har tonnasiga 1 mln so‘m subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi
18:33 / 20.11.2025
Turizm sohasi uchun yangi imtiyozlar va subsidiyalar e’lon qilindi
12:39 / 07.11.2025