Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi
Direktor o‘rinbosari 100 nafardan ortiq o‘qituvchilarni davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berish evaziga har biridan 1000-1500 AQSh dollari miqdorida pul olib kelgan.
Foto: DXX
Nukus shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi mazkur maktab direktori o‘rinbosarining topshirig‘iga asosan, kasbiy sertifikat olish bo‘yicha sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga Chimboy tumanida ishlovchi hamkasbidan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, direktor o‘rinbosari 100 nafardan ortiq o‘qituvchilarni davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berish evaziga har biridan 1000-1500 AQSh dollari miqdorida pul olib, bu haqida o‘zining shaxsiy bloknotlari va qog‘ozlarda aks ettirib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagoglarning bilim va malakasini baholashni tashkil etish shu’basi bosh metodisti ham aloqadorligi aniqlanib, u o‘qituvchilardan davlat attestatsiyasidan o‘tkazishga yordam berish evaziga yig‘ilgan 10 450 AQSh dollarini ixtiyoriy ravishda topshirdi.
Shu bilan birga, o‘qituvchilarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan, test jarayoniga uyali aloqa vositalari bilan kirishlariga sharoit yaratib bergan Milliy gvardiya xodimining ham o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, ular pora tariqasida olingan pullarni o‘zaro taqsimlagan.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
08:20 / 22.12.2025