Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda mashina olib qochgan ikki yigit Bo‘kada ularning yo‘lini to‘sgan IIB xodimini pichoqladi
18 yoshli ikki yigit o‘zlari Samarqand shahridan yo‘lovchi sifatida mingan Cobalt mashinasini Sirdaryo viloyati hududida haydovchi hojatxonaga kirganidan foydalanib, olib qochgan. To‘sib ushlash rejasi harakatga keltirilgach, ularni Bo‘ka tumani hududida IIB xodimi to‘xtatishga uringan. Ammo ular xodimni pichoqlab, Cobalt’ni qoldirgan holda uning Matiz mashinasini haydab ketishgan.
Foto: Kun.uz
Bo‘ka tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili pichoqlanib, mashinasi olib qochildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat 2025 yil 2 avgust kuni sodir bo‘lgan: Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi F.Sh. hamda F.X. (ikkisi ham 2007 yilda tug‘ilgan) Namangan viloyatiga ketish maqsadida Samarqand shahridan yo‘lovchi sifatida fuqaro A.N. boshqaruvidagi Cobalt mashinasiga minishgan. Sirdaryo viloyati hududida haydovchi hojatxonaga kirib ketganida F.X. va F.Sh. mashinani olib qochishgan.
2 avgust kuni soat 3:15 da Sirdaryo viloyati IIB 102 xizmatiga Oqoltin tumani hududida avtomashinalarga gaz to‘ldirish shoxobchasidan Cobalt mashinasi noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilgani haqida xabar kelib tushgan. Ushbu xabarga asosan to‘sib ushlash rejasi harakatga keltirilgan.
Viloyat hududidagi barcha YPX inspektorlari, YPX maskanlari va blok-postlar ogohlantirilib, mavjud kameralardan olib qochilgan mashinaning harakat yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilgan. Biroq jinoyatchilar mashinaning davlat raqam belgisini yechib harakatlangan.
Sayxunobod tumani hududidagi Bo‘ka blok-postida xizmat olib borayotgan YPX inspektoriga ushbu holat darhol yetkazilib, tegishli topshiriq berilgan. Soat 04:24 da ushbu blok-postga davlat raqam belgisi bo‘lmagan oq rangli Cobalt mashinasi kirib kelgan. YPX inspektori uni to‘xtatib, hujjatlarini so‘ragan. Mashinani boshqarib borayotgan haydovchi hujjatlarni taqdim etib, postdagi yopiq holda turgan ikkinchi yo‘lakdan mashina boshqarib, noma’lum tomonga ketib qolgan.
Gumonlanuvchilar olib qochilgan mashinada Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hududida harakatlanib ketayotganida ularni Bo‘ka tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili N.Sh. ko‘rib, ushlashga uringan. Ammo ulardan biri xodimning bo‘yniga pichoq bilan jarohat yetkazgan. So‘ngra yigitlar o‘zlari olib qochgan Cobalt’ni o‘sha yerda qoldirib, xodimning Matiz mashinasini haydab, qochib ketishgan.

Shundan so‘ng, gumonlanuvchilar Toshkent viloyati Ohangaron tumanida harakatlanib ketayotganida ularga YPX inspektori X.D. to‘xtash ishorasini bergan. Biroq ular inspektorning bu talabiga bo‘ysunmay, uni mashinada urib yuborib, yo‘lda davom etishgan. Inspektor esa oyog‘idan jarohatlanib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida gumonlanuvchi shaxslar Ohangaron shahri hududida ushlangan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 267-moddasiga ko‘ra, transport vositasini olib qochish 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
17:44 / 22.11.2025
Namanganda YPX xodimi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
21:28 / 03.11.2025
Toshkentda Gentra haydovchisi YPX xodimini kapotida sudrab ketdi. Uning hisobida 144 ta qoidabuzarlik borligi aniqlangan
09:24 / 31.10.2025