O‘zbekiston | 07:47 / 30.11.2021
24909
1 daqiqa o‘qiladi

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar bayramlar munosabati bilan 2 kun dam oladi

Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayram (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.

Foto: Shutterstock

“2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoniga asosan 2021 yil 31 dekabr – qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.

2022 yil 1 yanvar ham yangi yil bayram (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi, 2 yanvar esa yakshanbaga to‘g‘ri keladi.

Ma'lumot uchun, prezident farmoniga asosan Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.

Mavzuga oid