Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov AQShni xalqaro savdo qoidalarini buzishda aybladi
Foto: Vitaliy Belousov/RIA «Novosti»
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, AQShning Rossiya va Turkiyaga qarshi sanksiyalari xalqaro savdo qoidalarini buzmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, sanksiyalarni xalqaro huquq me'yorlaridan kelib chiqqan holda noqonuniy deb hisoblaydi.
«Ular [sanksiyalar] jahon savdoning barcha prinsiplarini, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) qarorlari bilan tasdiqlangan prinsiplarni buzmoqda», - deya aytib o‘tgan Lavrov.
Tashqi ishlar vazirining qayd etishicha, BMT bir tomonlama iqtisodiy majburlashni noqonuniy choralar sifatida baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml AQSh sanksiyalari haqida bayonot berib, bu yaxshilik bilan tugamasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:34
“Kondor”dan Venesuelagacha: AQSh–Janubiy Amerika munosabatlari tarixi
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026