Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobel qo‘mitasi tinchlik mukofoti sovrindorini G‘azo bo‘yicha kelishuvdan oldin tanlab bo‘lgan
Trampning bosimi bilan G‘azoda otashkesim haqidagi kelishuv tuzilgan paytda, Nobel qo‘mitasi tinchlik bo‘yicha mukofot laureatini allaqachon aniqlab bo‘lgan edi. Sovrindor nomi 10 oktyabrda e’lon qilinadi. Avvalroq AQSh nashrlari prezident Donald Tramp bu mukofotni olishni juda ham xohlayotganini yozgandi.
Foto: AP
Nobel qo‘mitasi G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvi tuzilishidan oldin 2025 yilgi tinchlik mukofoti sovrindorini tasdiqladi, deb yozdi Le Monde Norvegiya Nobel instituti vakili Erik Osxaym bayonotiga tayanib. So‘nggi yig‘ilish 6 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
- Oxirgi ishlar dushanba kuni bajarildi, - dedi Osxaym.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Nobel qo‘mitasi o‘z qarori sanasini hech qachon oshkor qilmaydi.
Osxaym so‘zlariga ko‘ra, tinchlik mukofoti laureati nomi e’lon qilinishidan oldin qo‘mitaning yangi yig‘ilishlari rejalashtirilmagan. Tinchlik mukofoti sovrindori nomi 10 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Nashrning qayd etishicha, bo‘lajak tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori haqidagi qaror AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida Isroil va HAMAS tinchlik rejasining birinchi bosqichi doirasidagi kelishuvlarni imzolashidan oldin qabul qilingan.
Tramp avvalroq ta’kidlaganidek, «hamma o‘zining tinchlik uchun Nobel mukofotini olishi kerakligini aytmoqda». Amerika prezidentining ta’kidlashicha, u va AQSh 2020 yilda Isroil va bir qator arab davlatlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuv uchun yetarlicha e’tirofga sazovor bo‘lmagan. Shuningdek, u kamida olti yoki yetti urushga chek qo‘yganini bir necha bor ta’kidlagan.
Shu bilan birga, Tramp mukofotni olishni kutmayotganini aytib, «ular uni hech narsa qilmagan yigitga berishini» ta’kidlagan. Tramp so‘zlariga ko‘ra, bunday holat AQSh uchun «katta haqorat» bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
13:32 / 22.12.2025
Uitkoff AQSh–Ukraina formatidagi muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
10:36 / 22.12.2025
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
07:59 / 22.12.2025