Mirziyoyev 11 yillik ta'limni qayta tiklashni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta'lim maktabini borib ko‘rdi.
Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967 yilda qurilgan. Maktabni qayta ta'mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.
Prezident maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta'limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta'kidladi.
«Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois ta'lim jarayonining uzluksizligini ta'minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur», — degan Prezident.
Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi» mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tgandi.
«Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas'uliyat yuklashi,
mamlakatda ta'lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta'lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta'lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta'mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini berishi ta'kidlangan.
Shu yerda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan «Prezident sovg‘asi» komplekti, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, xalq ta'limi muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash rejasi namoyish etilgan.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

10:21 / 02.01.2025
Uchtepa tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

07:20 / 08.10.2024
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

09:10 / 01.10.2024
Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi

07:40 / 28.09.2024