Jamiyat | 14:46 / 04.07.2018
17792
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Koreyada halol go‘sht do‘konini tashkil etishdi

O‘qish va ish yuzasidan Koreyada yashaydigan minglab musulmon o‘zbekistonliklar halol va ishonchli go‘sht topish muammosiga duch kelishlari mumkin. Buni bartaraf etish va sifatli mahsulot bilan ta'minlash maqsadida  hamyurtlarimiz Kime shahrida butun Koreya bo‘ylab halol go‘sht yetkazib beruvchi qassobxona tashkil etishdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - Koreyadagi musofir yurtdoshlarning hamyonbop va halol go‘sht topishlariga ko‘maklashishdir.  

Otash Qassob do‘konidan buyurtmalarni qo‘ng‘iroq yoki IOS va Android platformalari uchun yaratilgan mobil ilovalar orqali amalga oshirib, 1 kun ichida mahsulotlarni qabul qilib olish mumkin.

Foto: Otash Qassob do‘koni
Caption

Manzil: Kime shahri, Suosan-dong 94-12

Murojaat uchun telefon:
055-321-3363
010-4478-0054

Mavzuga oid