Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda turizmni rivojlantirishga 200 mlrd so‘m ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining «Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjatda Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etish va unga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 200 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratish belgilangan.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar etib belgilandi:
- turizm salohiyatiga ega hududlar muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tartibga keltirish;
- turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilma qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish ishlarini olib borish va obodonlashtirish;
- oilaviy mehmon uylari tashkil qilish xarajatlari bir qismini subsidiyalash;
- turizm zonalari bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini tayyorlash, turizm ko‘chalari tashkil etish;
- moddiy madaniy meros obektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish;
- maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklari yaratish;
- turizm targ‘iboti ishlarini tashkillashtirish;
- Shahrisabz turizm va servis kollejini ta'mirlash.
Shuningdek, qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
- jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari;
- jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi va yo‘nalishlari;
- subsidiya ajratish tartibi va shartlari;
- jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobot shakllantirish va nazorat o‘rnatish.
Mavzuga oid
21:52
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
18:00
To‘rt faslda ham sayyohlar uzilmaydigan qishloq: Ertoshsoyda bir kun
17:50
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
19:32 / 18.01.2026