Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp boshqa davlatlar o‘z hududlarida AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi uchun ko‘proq pul to‘lashlarini istamoqda
Foto: Jonathan Ernst / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp va uning yordamchilari boshqa davlatlar o‘z hududlarida AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi uchun pul to‘lashi borasida yangi formula ishlab chiqishdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Vashingtonda hisob-kitobning yangi uslubini «narx plyus 50 foiz» deb nomlashdi. Unga ko‘ra, davlatlar o‘z hududlarida AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi uchun xarajatlarni to‘liq to‘laydi, so‘ngra qo‘shimcha ravishda ushbu summaning teng yarmini to‘lashadi.
Tramp uzoq yillardan buyon AQSh qo‘shinlarini o‘z hududlarida joylashtirgan mamlakatlar kam haq to‘lashayotganini aytib keladi.
AQSh qo‘shinlari dunyoning yuzdan ortiq davlatida joylashtirilgan. Eng ko‘p harbiylar esa Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
AQShdagilar Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga uringaniga ishonmayapti
03:54 / 01.01.2026