Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy kodeksining 32-moddasiga o‘zgartish kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 32-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 32-moddasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartishlar:
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 32-moddasi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Turar joy mulkdorining oila a'zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek, mulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali farzandlari va ularning xotinlari (erlari) agar ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsalar, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a'zosi deb tan olinishlari mumkin”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.