Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston «Temir yo‘llari» boshlig‘i Rossiyada giyohvand modda bilan qo‘lga olindi
Xidir Rahmonov buyumlari tekshirilganda LCD - sintetik psixoaktiv modda tabletkalari topilgani ta’kidlanmoqda.
Foto: TASS
Moskvaning Domodedovo aeroportida Turkmanistonning «Demiryollary» (Temir yo‘llari) davlat kompaniyasi bosh direktori Xidir Rahmonov va unga hamrohlik qilayotgan ayol qo‘lga olindi. Tintuv chog‘ida ularning shaxsiy buyumlarida taqiqlangan moddalar topildi, deb yozdi Turkmen.news.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, amaldor va uning «jazmani» 4 oktyabrga o‘tar kechasi S7 aviakompaniyasi samolyotida Ashxoboddan Moskvaga uchib kelgan. Bojxona tekshiruvi paytida ayol «o‘zini bezovta tutib, xodimlarning e’tiborini tortgan». Uning buyumlari tekshirilganda LCD - sintetik psixoaktiv modda tabletkalari topilgan. Ikkala yo‘lovchi ham darhol qo‘lga olindi.
Ta’kidlanishicha, Turkmanistonning Rossiyadagi elchisi Esen Aydogdiyev ishni «yopishga» urinishlariga qaramay, Domodedovo sudi sudyasi Rahmonovni 3 dekabrgacha hibsga olishga qaror qildi.
«Demiryollary» korxonasi 2020 yilda prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning qarori bilan «Turkmendemirollari» agentligi negizida tashkil etilgan. Kompaniya mamlakat temir yo‘l infratuzilmasining bir qismiga egalik qiladi, yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanadi, ko‘priklar va boshqa inshootlarni quradi. Rahmonov tashkil etilganidan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda. Ta’kidlanishicha, uning akasi Arkach Rahmonov Turkmaniston prezidenti qo‘riqlash xizmati ofitseri hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:40 / 13.12.2025
Toshkent viloyatida o‘n bir oyda yarim tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan olindi
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025