Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan «Yagona darcha» markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi
2018 yil 1 yanvardan boshlab «Yagona darcha» markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi Farmoni bilan belgilangan. Farmonga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalari quyidagilar:
jismoniy va yuridik shaxslarga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatish;
davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini ta'minlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma'muriy to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;
idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni ta'minlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish;
vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonun hujjatlari va ma'muriy reglamentlar talablariga rioya etilishini ta'minlash.
Mavzuga oid
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025
Sertifikatlashda yengillik: 2026 yildan ayrim majburiy talablar bekor qilinadi
11:51 / 17.12.2025