Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marselo oxirgi daqiqada urgan gol «Real»ga «Valensiya» ustidan g‘alaba keltirdi
Ispaniya chempionatining 35-turida «Real» «Valensiya»ni qabul qildi. «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida gollarga Krishtianu Ronaldu va Marselo mualliflik qildi, braziliyalik himoyachi 86-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi. «Valensiya»ning goli Daniel Parexo tomonidan urilgan. 57-daqiqada Ronaldu penaltini golga aylantira olmadi.
Endilikda «Real» 81 ochko to‘plagan holda «Barselona»ni (78) quvib o‘tib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamga aylandi. «Valensiya» 40 ochko bilan 12-pog‘onada.
Ispaniya chempionati
35-tur
Real Madrid – Valensiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 27 Ronaldu, 1:1 – 82 Parexo, 2:1 – 86 Marselo.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Vaskes, 90), Kazemiro, Kroos, Xames (Asensio, 66), Ronaldu, Benzema (Morata, 72).
Valensiya – Diyego Alves, Garay, Toni Lato (Gayya, 86), Montoyya, Mangalya, Parexo, Soler, Orelyana (Bakkali, 89), Nani (Rodrigo, 70), Santi Mina, Munir.
Ogohlantirishlar: Parexo (21), Toni Lato (25), Kazemiro (52), Garay (56), Mangalya (64), Morata (77), Modrich (82).
Mavzuga oid
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
22:33 / 12.01.2026
«Real» Alonsoni ishdan bo‘shatdi: klasikodagi mag‘lubiyat kechirilmadi
13:35 / 05.01.2026