Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar 2025 yilda chetdan davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qiladi
Korxonalarning banklardagi mablag‘lari 20 trillion so‘mga oshib, 107 trillion so‘mga yetdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotda pul ko‘paygani, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratilgani ta’kidlandi.
Jumladan, korxonalarning banklardagi mablag‘lari 20 trillion so‘mga oshib, 107 trillion so‘mga yetdi. Aholi omonatlari ham 25 trillion so‘mga ko‘payib, 105 trillion so‘m bo‘ldi.
Bu banklar barqaror rivojlanayotgani, ularga aholi va tadbirkorlar ishonchi ortib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.
Yil yakuni bilan ajratilgan jami kreditlar 275 trillion so‘mni tashkil qiladi. 2025 yilda bu 300 trillion so‘mdan oshishi hisob-kitob qilingan.
Ayniqsa, kichik biznesga beriladigan kreditlar ulushi hozirgi 28 foizdan 40 foizga oshirilib, 120 trillion so‘mga yetkaziladi.
Tadbirkorlar ehtiyojidan kelib chiqib banklarimiz 2025 yilda chetdan davlat kafolatisiz 6 milliard dollar jalb qilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025