Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda soliqchi ushlandi
Tadbirkorning 19,4 mln so‘mlik soliq qarzini so‘ndirib berish evaziga 6 mln so‘m olgan Denov tumani soliq inspektori qo‘lga tushdi. Toshkent viloyatida esa qurilish sohasi mansabdori firibgarlik yo‘li bilan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Farg‘onada kichik sanoat zonasidagi yerni sotayotgan direksiya xodimi ham 15 ming dollar bilan qo‘lga tushdi.
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati joylarda firibgarlik qilib yurgan davlat xizmatchilarini aniqladi.
Soliqchi, 6 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani soliq inspektori pora olgan vaqtida ushlandi.
U xizmat mavqeyidan foydalangan holda 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli MChJning 19 mln 400 ming so‘mlik soliq qarzdorligini so‘ndirib berish evaziga, 8 mln so‘m talab qilishgan.
Dastlab 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu fuqarodan 6 mln so‘mni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida soliq inspektori ham qo‘lga tushgan.
Hozirda soliqchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan, uning jinoiy sherigi bo‘lgan fuqaroga esa Jinoyat kodeksining 28,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 212-moddasi (pora oldi-berdisida vositachilik qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tezkor tadbirlar DXX, prokuratura va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan.
Qurilish mansabdori, 15 ming dollar
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi yuristkonsulti jinoiy tarzda 15 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
DXXga ko‘ra, u viloyat ma’muriy sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilayotgan ma’muriy ishni mansabdor tanishlari orqali tadbirkorning foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan.
Bu tadbirkor Bo‘ka tumanida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi MChJ ta’sischisi ekani aytilyapti.
Holat yuzasidan yuristkonsultga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tezkor tadbirni DXX va Bosh prokuratura departamenti o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan.
Sanoat zonasi mansabdori, 15 ming dollar
Ma’lum qilinishicha, yanvar oyida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Yoshlar kichik sanoat zonasi” hududidan mahalliy MChJga qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida uzoq muddatga 22 sotix yer maydoni ijaraga berilgan.
Lekin, muqaddam sudlangan MChJ rahbari sotish huquqi bo‘lmasa-da, bu yer maydonini xaridorga 52 ming dollarga sotishga kelishib, viloyat hokimligi huzuridagi Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasida ishlovchi tanishi orqali uning nomiga xususiylashtirib berishi evaziga 15 ming dollar, jami 67 ming dollar talab qilgan.
Tezkor tadbirda direksiyaning Furqat tumani bo‘yicha yetakchi mutaxassisi va MChJ rahbari birgalikda 15 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor tadbir DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
22:21 / 02.12.2025
Yevropa diplomatiyasi sobiq rahbari Federika Mogerini qo‘lga olindi
18:14 / 30.11.2025
Netanyahu Isroil prezidentidan korrupsiya ishi bo‘yicha afv so‘radi
20:41 / 28.11.2025
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak korrupsiya mojarosi ortidan iste’foga chiqdi
22:12 / 27.11.2025