Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga qanday sovg‘a berganini aytdi
Dushanbe shahrining “Ko‘hi Borbad” san'at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san'at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Imomali Rahmon ishtirok etdi.
O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida xalqlarimiz do‘stligining shonli an'analari bugun suv va havodek zarurligi, ushbu bebaho merosni asrab-avaylash va rivojlantirish kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz ekanini ta'kidladi.
«Mening fikrimcha, bu tashrif haqiqatdan ham tarixiy bo‘ldi. Bugungi muzokaralarimiz yakunlaridan ko‘nglim juda to‘ldi. Uzoq tanaffusdan so‘ng o‘zaro munosabatlarimizda yangi sahifa ochilmoqda. Mavlono Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning bir-biriga bo‘lgan munosabati – bu bizning samimiy tariximizdan misol. Men Samarqand viloyati hokimi bo‘lib ishlaganimda buni tiklashni xohlardim, biroq o‘shanda bunga imkoniyatlar juda kam edi.
Men bugun ochiq chegaralar, ochiq yurak bilan buyuk shoirlarimizni tarannum etish uchun keldim. Birodarim Imomali Rahmonga rasmiy darvozalarni sovg‘a qildim, bilasizmi, men bunga samimiy tayyorgarlik ko‘rdim – ikki bayroq, ikki darvoza. Biroq, darvozalar ochiq, ular hech qachon yopilmasligini istayman. Bu tarixiy kunlar – 9-10 mart – bizning yangi munosabatlarimiz tug‘ilgan kuni bo‘ladi. O‘zbekiston taqdiri – bu Tojikiston taqdiri, Tojik xalqining kelajagi – bu o‘zbek xalqining ham kelajagi», - deya aytib o‘tdi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024