O‘zbekiston | 08:28 / 05.02.2022
5999
3 daqiqa o‘qiladi

Paxtachilik sohasida yangi institut tashkil etiladi

Foto: Kun.uz

Prezidentning “Paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishda ilmiy-innovatsion faoliyat natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida tomonidan “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatishni nazarda tutuvchi qaror qabul qilingan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tuzilmasida Paxta tozalash sanoati ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • paxta xomashyosini tozalash uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar, energotejamkor mashina va asbob-uskunalarning tajriba-sanoat namunalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
  • paxta va paxta mahsulotlari uchun xalqaro va davlatlararo standartlar bilan uyg‘unlashgan standartlarni, ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, raqamli texnologiyalar asosida tezkor va aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘lchov va sinash vositalarini, kalibrlash va sinash usullarini tekshirish uchun davlat standart namunalarini ishlab chiqish;
  • akkreditatsiya sohasiga muvofiq tarzda paxta mahsulotlari sinovlarini o‘tkazish, muvofiqlik sertifikati berish, laboratoriyalararo taqqoslash sinovlarini va raund-testlarini tashkil qilish va o‘tkazish, manfaatdor tashkilotlar uchun paxta mahsulotlari tashqi ko‘rinishining standart namunalarini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish;
  • paxta xomashyosini chuqur qayta ishlashga oid xalqaro sifat standartlarini tatbiq etish va sertifikatlashni rivojlantirish mexanizmlarni ishlab chiqish;
  • zamonaviy ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish;
  • respublikada rayonlashtirilgan va istiqbolli paxta seleksiya navlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, ushbu yo‘nalishda samarali ilmiy yechimlarni ishlab chiqish;
  • yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • jahonning nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi institut moddiy-texnika bazasi va yetakchi olimlarining salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bazaviy kafedralari filiallarini institutda tashkil etish choralarini ko‘radi.

Mavzuga oid