Jamiyat | 15:25 / 26.01.2017
6255
1 daqiqa o‘qiladi

“Hukumat bolalar nigohida” veb-sayti ingliz tilida ham faoliyat yurita boshladi

2017 yil 25 yanvar kuni internet tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali doirasida “Hukumat bolalar nigohida” veb-saytining (www.kids.gov.uz) ingliz tilidagi talqini ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur veb-sayt O‘zbekiston Respublikasidagi yurtimizda ishlab chiqilgan shu turkumdagi ilk loyiha hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi rahbarligida «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2016 yilning 13 iyunida ishga tushirilgan.

Shuningdek, ushbu veb-saytda O‘zbekiston Respublikasi va hukumat tuzilishi haqida umumiy ma'lumotlar sodda matnlar va rasmlar yordamida tasvirlab berilgan.

Mavzuga oid