O‘zbekiston | 08:18 / 10.01.2018
5961
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Saylov kodeksi ishlab chiqiladi 

Foto: Illyustrativ foto

O‘zbekistonda 2018 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi. U fuqarolarning saylovga oid huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda 
Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida ishlab chiqiladigan Saylov kodeksi ustida Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, AQHMI, FJShMQMI, SMTI, TDYuU ish olib boradi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonuni loyihasida bugunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro norma va standartlar talablaridan kelib chiqib unifikatsiya qilish, saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutiladi.

Mavzuga oid