O‘zbekiston | 17:12 / 05.01.2019
13819
2 daqiqa o‘qiladi

«Yashil iqtisodiyot»ga o‘tish bo‘yicha davlat strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonning Parij bitimiga qo‘shilishi munosabati bilan ekologik va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha davlat strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

iqlim o‘zgarishiga qarshi tizimli kurashishning ilg‘or mexanizmlarini joriy qilish;

yashil iqlim jamg‘armasining resurslariga yo‘l ochish;

iqtisodiyotning barcha sohalariga, jumladan ishlab chiqarishga “yashil texnologiyalarni” joriy qilish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 iyul, ijro uchun mas'ullar - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, TIV, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.

Mavzuga oid