Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylar boshqaruv servis kompaniyalariga biriktiriladi
Foto: Kun.uz
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining “Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy-joylarni boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy-joylarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirish bo‘yicha hududiy komissiya xulosasi hamda xalq deputatlari tuman kengashining sanoat, transport, qurilish soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan kompaniyalar ishini o‘rganish natijalari bo‘yicha amalga oshirgan ishlar bayonnomasi inobatga olinadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uy-joylarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirish bo‘yicha tanlov o‘tkazuvchi ishchi guruhi (komissiya) tomonidan tanlov ko‘rsatkichlari va belgilangan nizom asosida tuzilgan lotlar, tanlov asosida biriktirilgan boshqaruv kompaniyalari va xizmat ko‘rsatiladigan mahallalar ro‘yxati bo‘yicha kiritilgan taklifi ma’qullanadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bo‘sh qolgan 18-lot Feruza, Kamolot va Yangi Kamolot mahallalarini boshqaruv servis kompaniyasiga biriktirish bo‘yicha nomzod tavsiya etilishi ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilib, tuman kengashida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun taklif kiritiladi.
Ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida hududiy ishchi guruh hamda tuman kengashi tegishli komissiyasi hamkorligida ma’qullangan har bir boshqaruv servis kompaniyasi ish faoliyati joriy yil yakuniga qadar o‘rganiladi va munosiblik darajasi bo‘yicha tuman kengashiga taklif kiritiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 08.01.2026
Toshkentda Onix avtomobili GAZ-63 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi
15:20 / 06.01.2026