Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 77,8 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining «Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda sug‘oriladigan yerlardagi 22,1 ming gektar va cho‘l hududlardagi 55,7 ming gektar (jami 77,8 ming gektar) yerlarni qayta foydalanishga kiritish, mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga qaror qilindi:
Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan 300 mlrd so‘m mablag‘ Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarga yo‘naltiriladi. Mazkur ishlar «Buxorosuvqurilishinvest» DUKga topshiriladi;
2021–2022 yillarda Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan maydonlar va cho‘l hududlardagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
Buxoro viloyati hokimligiga tumanlar hokimliklari qarorlari asosida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini ajratish bo‘yicha tashabbuskor va tegishli tuman hokimligi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijara shartnomalar tuzilishini ta'minlash topshirildi.
Qurilish vazirligi obektlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan davlat qurilishi nazoratini o‘rnatishi lozim.
Mavzuga oid
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:58 / 17.12.2025
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi
09:23 / 17.12.2025