Jahon | 01:13 / 02.01.2019
7722
2 daqiqa o‘qiladi

500 yevrolik banknotalar bosilishi to‘xtatiladi

Foto: Getty Images

Yevropa davlatlari 500 yevrolik banknotalarni ishlab chiqarishdan olmoqda. Bu banknotalar aprelgacha bosiladi, so‘ngra bosilishi to‘liq to‘xtatiladi.  

“2019 yil 27 yanvardan yevro hududidagi 19 ta milliy markaziy bankdan 17 tasi 500 yevrolik kupyurani bosishni to‘xtatadi”, deb aytilgan Yevropa markaziy banki xabarida. Germaniya va Avstriya banklari ushbu banknotani 26 aprelgacha bosishni davom ettiradi. Ta'kidlanishicha, ushbu chora pul yuvishga qarshi kurash doirasida qabul qilingan. Bu banknotalar ko‘pincha jinoyatchilar tomonidan, pul yuvish va terrorchilikni moliyalashtirishda qo‘llanadi. 

500 yevrolik banknotalar muomaladan chiqarilgach, Yevropada eng katta kupyura 200 yevrolik bo‘ladi. 

Biroq 500 yevrolik banknotalar ishlatilishda davom etadi. Ularni yevro hududidagi banklarda erkin tarzda almashtirish mumkin bo‘ladi.

500 yevrolik ko‘pincha turli terrorchilik guruhlaridagi to‘lovlarda qo‘llanadi. Shu sababli ham u “bin Lodin chiptasi” deb nom olgan.

Banknota 2002 yilda muomalaga kiritilgan. 

Mavzuga oid