O‘zbekiston | 12:17 / 23.07.2022
23387
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vladimir Putin tomonidan imzolangan hujjat matniga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun orden bilan taqdirlandi.

Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti hisoblanadi.

Aleksandr Nevskiy ordeni — bu Rossiya imperiyasi, Sovet Ittifoqi va Rossiya Federatsiyasining mukofot tizimlarida (ma’lum o‘zgarishlar bilan) mavjud bo‘lgan yagona mukofotdir.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning 2010 yildagi “Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Aleksandr Nevskiy ordeni Rossiya davlat mukofotlari tizimiga kiritilgani belgilandi. 

Ma’lumot uchun, 2021 yil yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq ittifoq va o‘zbek diplomati Rafiq Nishonovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlash haqidagi farmonni imzolagandi

Mavzuga oid