Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Foto: IIV axborot xizmati
Ichki ishlar vazirligida navbatdan tashqari hay'at yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov raisligida bo‘lib o‘tdi. Unda prezident devoni mas'ul vakili, vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim va vazirlik ta'lim muassasalari boshliqlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kun tartibida tashkiliy masala ko‘rilib, prezident qaroriga ko‘ra tayinlangan ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari tanishtirildi.
Jumladan, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Muhiddin Jo‘rayev lavozimidan ozod etilib, ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, vazirlik Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Mavlonov esa ichki ishlar vazirining Turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
09:04 / 16.02.2026
Voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlari yangicha tashkil etiladi
13:29 / 14.02.2026
IIVda uyushgan jinoyatchilik, narko va kiberjinoyatlarga qarshi choralar muhokama qilindi
21:31 / 02.02.2026