Jahon | 08:21 / 20.08.2025
14723
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston hukumati barcha manzil-koloniyalarni yopadi

Manzil-koloniyalar tugatilib, barchasi probatsiya tizimiga o‘tkaziladi.

Foto: Depositphotos

Qirg‘izistonda manzil-koloniyalar yopiladi. Bu haqda 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda adliya vaziri Ayaz Bayetov ma’lum qildi, deb xabar berdi «Kabar».

Bayetovning tushuntirishicha, jazoni ijro etish muassasalari bor - bu qamoqxonalar, manzil-koloniyalar ham bor, ammo u yerga mahkumlar faqat ro‘yxat va nazoratdan o‘tish uchun boradi.

«Ammo mahkumlar manzil-koloniyalarga bormay qo‘ydi. Keyin biz probatsiyani joriy qildik va bu ikki tizim bir-birini takrorlaydigan bo‘lib chiqdi. Kadrlar yetishmovchiligi ham bor edi. Endi bu manzil-koloniyalar tugatilib, barchasi probatsiya tizimiga o‘tkaziladi», dedi Adliya vazirligi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 dan ortiq manzil-koloniya yopiladi. Tegishli farmonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 4 avgust kuni imzolagan.

Mavzuga oid