Jamiyat | 19:39 / 18.01.2018
22047
2 daqiqa o‘qiladi

Zahiriddin Muhammad Bobur sharob ichish, sotish, olish va saqlashni rasman taqiqlagan

Bugungi kunda dunyo tarixchi olimlari yakdillik bilan ta'kidlashicha, Zahiriddin Muhammad Bobur juda rostgo‘y va haqparvar shoh bo‘lgan. U o‘zining mashhur “Boburnoma” asarida boshidan o‘tganlari, ko‘rgan kechirganlarini xaspo‘shlamasdan, ro‘y-rost yozgani ma'lum. 

Uning qizi Gulbadanbegim o‘z otasining yo‘lidan borib, ukasi Humoyun Mirzoning hayot yo‘lini yozib qoldirgan. U “Humoyunnoma”da Bobur mirzoning ezgu farmonlaridan biri 1526 yilda o‘z imperiyasida ichkilikbozlikni rasman taqiqlagan ekanini yozadi.  

Nafaqat ulug‘ shoir va shoh, balki bir inson sifatida hayotning achchiq-chuchugini obdon totib ko‘rgan Bobur Mirzoning bu haqdagi Farmoni to‘liq matni “Boburnoma”ning “To‘qqiz yuz o‘ttiz uchinchi yil(1526-1527) voqealari” bo‘limida keltirilgan. 

Unda jumladan shunday deyiladi: “...tinch saqlangan mamlakatda (Xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin”.

Mavzuga oid