11:59 / 07.07.2017
17151

Mbappe «Real» bazasiga keldi, u bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan

Madridning «Real» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe bilan, agar u «qaymoqranglilar» safiga o‘tadigan bo‘lsa, shartnoma shartlari qanday bo‘lishini kelishib olgan, deb yozmoqda Marca.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Mbappe dastlab ispan grandi bazasi bilan tanishtirish uchun taklif etilgan va bu yerda u «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilib olgan. Agar klub Mbappeni sotib oladigan bo‘lsa, u bilan olti yillik shartnoma imzolanadi va uning yillik maoshi 6-7 mln yevroni tashkil qiladi. Mbappe va uning oilasi bilan «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan va klub prezidenti Florentino Peres uchrashib olgan.

«Real» hozircha monegaskliklarga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. Boshqa bir hujumchi Alvaro Morata sotib yuborilgach, jamoa Mbappe bo‘yicha taklif bilan chiqishni ko‘zlab turibdi.

 

Top