Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ipak Yuli Bank va JICA mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Toshkent, 2025 yil 22 dekabr - Ipak Yuli Bank va Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) O‘zbekistonda mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, ayollar va yosh tadbirkorlarga alohida e’tibor beruvchi 25 million AQSh dollari miqdoridagi kredit bitimini imzolash orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Foto: Ipak Yuli Bank
Mazkur kelishuv JICA va Ipak Yuli Bank o‘rtasidagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit hamkorligi bo‘lib, xalqaro moliya institutining bankning moliyaviy barqarorligi, korporativ boshqaruv standartlari hamda mamlakatda xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi strategik roliga bo‘lgan yuqori ishonchini aks ettiradi.
Biznesni kengaytirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun havola orqali o‘ting.

Jalb qilingan mablag‘lar mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, iqtisodiy diversifikatsiya va barqaror o‘sishni ta’minlash, shuningdek, yetarli darajada qamrab olinmagan aholi qatlamlari orasida moliyaviy inklyuziyani oshirishga yo‘naltiriladi.
Bitim imzolanishi munosabati bilan Ipak Yuli Bank Boshqaruvi Raisi Saidabror Saydahmedov quyidagilarni ta’kidladi: «JICA bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit moliyalashtirishni jalb etish orqali xalqaro hamkorlarimiz tarmog‘ini kengaytirayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu mablag‘lar butun mamlakat bo‘ylab mikro, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, ayollar va yosh tadbirkorlarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratamiz, bu esa inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaydi. JICA bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga umid qilamiz».

O‘z navbatida, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi shunday dedi: «Ipak Yuli Bank’iga kuchli qo‘llab-quvvatlash va samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ushbu bitim Yaponiyada ham, O‘zbekistonda ham katta qiziqish uyg‘otganidan mamnunmiz. JICA krediti IFC krediti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi va muhim masalalarni hal etishga xizmat qiladi. Mazkur kelishuv yaqinda Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitida ham eslab o‘tildi».
JICA haqida
Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) Yaponiyaning rasmiy rivojlanish yordamini (ODA) amalga oshiruvchi asosiy institut hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlik boshlanganidan buyon JICA 3,5 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar, grantlar va texnik yordam dasturlarini taqdim etgan. JICAning O‘zbekistondagi loyihalari xususiy sektorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olib, mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Ipak Yuli Bank haqida
1990 yilda mustaqil O‘zbekistonning birinchi xususiy banki sifatida asos solingan Ipak Yuli Bank bugungi kunda 2,5 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Bank chakana, korporativ va investitsion mahsulotlarning keng doirasini taklif etadi, 5 milliondan ziyod kartalarni muomalaga chiqargan hamda 900 dan ortiq bankomat va 20 000 POS-terminaldan iborat tarmoqqa ega.
Raqamli transformatsiyaning yetakchilaridan biri sifatida bank mijozlar tajribasini yaxshilash va barqaror rivojlanishga alohida e’tibor qaratadi. Ipak Yuli Bank We-Finance Code tashabbusiga qo‘shilgan, ESG standartlariga amal qiladi va ISO 9001 hamda ISO 14001 xalqaro sertifikatlariga ega. Bank aksiyadorlari qatorida DEG (Germaniya) va Triodos Investment Management (Niderlandiya) kabi nufuzli xalqaro moliya institutlari mavjud.
Bankning ishonchliligi xalqaro reytinglar (Fitch — B, Moody’s — B1) va ADB’ning Savdo va ta’minot zanjirini moliyalashtirish dasturi (TSCFP) doirasidagi Confirming Bank maqomi bilan tasdiqlangan. So‘nggi yillarda Ipak Yuli Bank marketing, raqamli innovatsiyalar, kartalar emissiyasi va barqaror rivojlanish borasidagi yutuqlari uchun Visa, Mastercard, Uzcard va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) tomonidan bir qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Ipak Yuli Bank — Think Big / Katta maqsadlar sari
Mijozlarga g‘amxo‘rlik qilish boshqarmasi telefon raqami: 1296, 78 140-69-00
Veb-sayt | Instagram | Telegram | Linkedin
Mavzuga oid
18:10 / 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi
13:30 / 19.11.2025
Ipak Yuli Bank EEFU bilan hamkorlikda islomiy moliyalashtirish yo‘nalishini kengaytirmoqda
15:00 / 30.09.2025
Ipak Yuli Bank’dan “Think Big” platformasi bilan innovatsion rebrending
08:33 / 10.04.2021