O‘zbekiston | 19:30 / 18.12.2025
822
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Asia Alliance Bank CX Banking Index 2025’da ikki yo‘nalish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistondagi mobil bank ilovalari va ular orqali taqdim etilayotgan raqamli xizmatlar sifatini baholashga qaratilgan CX Banking Index 2025 tadqiqoti yakunlariga ko‘ra, Asia Alliance Bank bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda mukofotga sazovor bo‘ldi.

Foto: Asia Alliance Bank

Tadqiqot doirasida mamlakatda faoliyat yuritayotgan 33 ta mobil bank ilovasi tahlil qilinib, ularning raqamli mijoz tajribasi baholandi. Asosiy mezon sifatida mijozlar taassurotlari indeksi (iCX) qo‘llanildi. Ushbu ko‘rsatkich banklar, ularning mahsulotlari hamda mijozlar bilan aloqa kanallari o‘rtasidagi xizmatlar sifatini solishtirish imkonini beradi.

Yuqori raqobat sharoitida Asia Alliance Bank’ning Alliance Pay ilovasi eng yaxshi natijalarni qayd etib, tadbirning asosiy g‘oliblaridan biriga aylandi. Xususan, bank “Daily Banking” yo‘nalishida oltin, “Paymens” yo‘nalishida esa bronza mukofotini qo‘lga kiritdi. Baholashda kundalik moliyaviy operatsiyalarning qulayligi, ilovadan foydalanishdagi intuitiv yechimlar hamda to‘lov xizmatlarining sifati va ishonchliligi inobatga olingan.

Mukofotlar mijozlar tajribasi raqamli bank xizmatlarida hal qiluvchi omil ekanini yana bir bor tasdiqladi. Asia Alliance Bank innovatsion yechimlarni joriy etish va moliyaviy xizmatlarni yanada qulay qilish orqali o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | aab.uz

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid