O‘zbekiston | 09:51 / 11.10.2024
4212
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda "Spark" va "Matiz" to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

10 oktyabr kuni Nurafshon ko‘chasida ikki avtomashina to‘qnashishi oqibatida "Spark" haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. "Spark" ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi hamda "Matiz" haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani  Nurafshon ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" rusumli avtomashina va haydovchi, 2004 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YTH oqibatida "Spark" avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, "Spark" ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi hamda "Matiz" avtomashinasi haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid