O‘zbekiston | 17:00 / 14.07.2017
19633
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda gidroponika texnologiyasidan foydalangan holda issiqxonalar tashkil etiladi

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda issiqxona majmualarini gidroponika texnologiyasini qo‘llagan holda rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining “Issiqxona majmualarini gidroponika texnologiyasini qo‘llagan holda yanada rivojlantirish va tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Gidroponika - tuproqsiz, ozuqa moddalari eritmasida o‘simlik o‘stirish usuli sanaladi. O‘simlik ildizni o‘rab turuvchi eritmadan ozuqa oladi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, issiqxona majmualari O‘zbekistonning barcha hududlaridagi lalmi yerlarda tashkil etiladi. Issiqxonalarni tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etish rejalashtirilmoqda.

Kutilishicha, issiqxona majmualari 2021 yilning oxiriga qadar soliq va bojxona imtiyozlarini oladi.

Mavzuga oid