Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank oltin va kumush tangalar narxini yangiladi
O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarini sotish narxlarini yangiladi, ular 12 dekabrdan kuchga kiradi:
• 1 oltin tanga - 12,9 mln so‘m;
• 1 kumush tanga - 243 ming so‘m.
Shu tariqa, bugundan boshlab oltin tangalar narxi 100 ming so‘mga, kumush tangalar 2 ming so‘mga oshgan.
Narxlar London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasining (LBMA) belgilangan narxi va o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbati asosida qo‘yilgan.
Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:59
Yangi bank'ning litsenziyasi bekor qilindi
19:58 / 14.01.2026
10 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llandi
12:24 / 10.01.2026
O‘zbekistonliklar 2025 yilda inflatsiya 12 foiz bo‘ldi deb hisoblamoqda – MB
13:10 / 08.01.2026