Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kubaning daromadlarini kamaytirish maqsadida u yerga charter reyslarni to‘xtatdi
Foto: REUTERS
AQSh Kubaning turizm sohasidan oladigan daromadlarini kamaytirish uchun u yerga charter reyslarni to‘xtatdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi. Uning aytishicha, faqatgina Gavana xalqaro aeroportiga uchishga ruxsat beriladi.
“Bu chora Kubadagi tuzumning turizmdan boyishini yanada ko‘proq cheklaydi. Ushbu tuzum turizmdan olinadigan mablag‘lardan Kuba xalqiga qarshi davom etayotgan repressiyalarni moliyalashtirish va Venesuelada diktator Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanadi”, deyilgan bayonotda.
Ushbu qaror AQShdan reyslarni qabul qiluvchi Kubadagi 9 ta aeroportni qamrab qoladi. AQSh aviakompaniyalarida Kubaga reyslarni sekin-asta bekor qilish uchun 60 kunlik muhlat bo‘ladi. Shuningdek, Vashington Kubaga reyslar sonini cheklamoqchi.
AQSh va Kuba o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1961 yil yanvarda Ozodlik orolida hokimiyat tepasiga Fidel Kastro kelgandan keyin uzilgan. Barak Obama prezidentligi vaqtida ushbu munosabatlar yaxshilangan, biroq Oq uyga Donald Tramp kelishi bilan yana yomonlashgan.
Mavzuga oid
13:32
Uitkoff AQSh–Ukraina formatidagi muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
10:36
Ushakov: Ukraina, YeI va AQSh takliflarining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelmaydi
07:59
Star Wars’ga o‘xshash Phantom: AQShdagi yangi harbiy humanoid loyiha
14:26 / 20.12.2025