Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarning o‘qishni ko‘chirish, tiklash va magistraturaga kirish uchun ariza berishi to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
Hukumatning «Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
Mazkur qaror loyihasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga kirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Unga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalariga magistraturaga kirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, qaror loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori amaldagi bir nechta bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
14:49 / 10.01.2026
Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish arizalari 10 yanvardan qabul qilinadi
15:22 / 25.11.2025
Arxiv xizmatlari 100 foiz elektron shaklga o‘tkaziladi
11:55 / 11.07.2025
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
19:55 / 18.01.2025