Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Samarqand darvoza»da tandir qurildi: Issiqqina yopgan non va somsalarga kelib qoling
Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» ko‘ngilochar savdo markazining birinchi qavatidagi gipermarketda tandir qurildi.
1 iyundan boshlab qo‘li shirin novvoy va somsapazlar gipermarket foydalanuvchilarini issiqqina yopgan non hamda somsalar bilan siylamoqda.
Zamonaviy savdo majmuasida tandirning qurilishi milliylikni namoyon qilish bo‘lib, mijozlarga a'lo darajada xizmat ko‘rsatilmoqda va sifatli mahsulot taqdim etilmoqda.

Shundoqqina tandirdan uzilgan somsalarni o‘tirib yeyish uchun joy ham ajratilgan. Tandir esa har kuni ertalabki sakkizdan, kechki o‘ngacha ishlamoqda.
Shuningdek, non va somsalarga oldindan buyurtma berib qo‘yish ham mumkin. Buning uchun +998 (95) 199-05-02 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi.
Marhamat tashrif buyuring.

Manzil: Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, «Samarqand darvoza» ko‘ngilochar savdo markazi, 1-qavatdagi gipermarket ichida
Telefon: +998 (95) 199-05-02
«Samarqand darvoza» Facebook va Instagram'da.
Reklama huquqi asosida.