Moskvadagi musulmonlar shaharda Islom Karimov nomidagi xiyobon paydo bo‘lishi bo‘yicha taklifni ma'qullashdi

Moskva shahridagi musulmonlar qatlami shaharda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov sharafiga nomlangan xiyobon paydo bo‘lishiga ijobiy munosabatda. Moskva shahri muftiysi Albir Krganovning RIA Novosti agentligiga ma'lum qilishicha, Rossiya va O‘zbekiston xalqlari madaniy jihatdan o‘zaro yaqin hisoblanadi.
"Nega endi Rossiya bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan mamlakat rahbari nomidagi xiyobonimiz bo‘lmasin? Biz amalda madaniy jihatdan yaqinmiz. Shu tufayli bu taklifni ma'qullaymiz", — degan Krganov.
Uning hisoblashicha Rossiyadagi musulmonlar bu masalaga ijobiy qarashda. Ular Islom Karimov "Moskva hamda Rossiya bilan ko‘p tomonlama aloqalarga ega bo‘lgan" deb hisoblashadi.
Muftiy O‘zbekiston — Markaziy Osiyodagi "tinchlik va barqarorlik eng yuqori darajada ta'minlangan, turli diniy radikal guruhlar faoliyati cheklangan" mamlakat ekanini ta'kidlagan.
Bundan oldinroq Moskva meriyasi saytida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti nomi Rossiya poytaxti markazida, Yakimanka tumanidagi respublika konsullik bo‘limi yaqinida joylashgan xiyobonga berilishi xabar qilingandi.
Konsulxona yaqinidagi nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini berishni so‘rab shahar rahbariyatiga Rossiya va O‘zbekiston fan, siyosat va san'at arboblari murojaat qilgan. Kichik xiyobonga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti nomini berish to‘g‘risidagi qaror loyihasi Moskva hukumatining 1 noyabrdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?

12:25 / 30.01.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

13:34 / 07.10.2024