Sport | 15:30 / 31.08.2018
9507
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik sambochi qizlar medal uchun o‘zaro kurashadi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 31 avgust kuni Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sambochilar ham bahslarga qo‘shildi. O‘zbekiston sambo jamoasining 4 nafar vakili o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda.

-48 kg vazn toifasidagi Nodira Gulova nimchorak finalda vetnamlik San Ti Hongni osonlik bilan mag‘lub etdi (4:0). Ammo chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Oydovchimed Basansurenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:2). Shundan so‘ng, Gulova bronza medali uchun o‘tish bahsida qatnashdi. U qozog‘istonlik Nazgul Yelmuratovaga qarshi gilamga chiqib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uning bronzaga o‘tishdagi ikkinchi raqibi qirg‘izistonlik Anara Jumali qizi bo‘ldi. Gulova bu raqibini ham 3:0 hisobida mag‘lub etdi va bronza uchun gilamga chiqadigan bo‘ldi.

O‘zbekistonning shu vazn toifasidagi ikkinchi vakili Madina Turg‘unboyeva nimchorak finalda turkmanistonlik Ayna Zaripov ustidan g‘alabaga erishdi (4:0). Chorak finalda esa u eronlik Elham Bahramiy to‘sig‘idan o‘tdi (4:0). U yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Narantsetseg Ganbatar bilan bellashdi va 0:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Endi u bronza medal uchun Nodira Gulovaga qarshi gilamga chiqadi.

Mavzuga oid