Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi yurtdoshlarimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishladi. Bu mazkur tashrif anchadan buyon kutilgani, Prezidentning nutqi odamlarning qalbidan, tafakkuridan chuqur joy olganidan dalolat, deb yozadi O‘zA.
Prezidentning nutqi mazmundorligi va ahamiyati bilan alohida ajralib turdi. Qisqa bo‘lishiga qaramay, nutq zamonamizning eng dolzarb mavzularini qamrab oldi: O‘zbekistondagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, yoshlar masalasi, diniy bag‘rikenglik, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya va hokazo.
Davlat rahbari O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, inson huquqlarini himoya qilish faollashgani, xalqaro aloqalar uchun keng erkinlik yaratilgani, mamlakatimizning yangi qiyofasi shakllantirilayotganini ta'kidladi.
Sessiya ishtirokchilari Shavkat Mirziyoyevning nutqini diqqat bilan tingladi. BMT kanallari orqali bevosita kuzatib bordi. Bosh qarorgohdagi media markazda jurnalistlar o‘zlariga ko‘p narsalarni qayd qilib bordi. Ayniqsa, Prezident Orol dengizi aks ettirilgan xaritani ko‘rsatganda hamma o‘yga toldi...
Shavkat Mirziyoyev butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblashini ta'kidladi. Buyuk allomalar, xususan, Imom Buxoriyning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma'rifiy islom to‘g‘risidagi ta'limotini keng yoyish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilayotganini ma'lum qildi.
Nutq yakunlanganda qarsaklar ancha paytgacha tinmadi. Sessiya raisi, davlat rahbarlari Prezidentni tabrikladi, o‘z taassurotlarini bildirishga oshiqdi.
Masalan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagani, hech qachon Imom Buxoriy nomini tilga olmaganini ta'kidladi.
Xalqaro siyosiy doiralarda, ommaviy axborot vositalarida bu tarixiy nutqqa munosabat bildirish davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
14:14 / 08.01.2026
Germaniya TIV rahbari Grenlandiya masalasi tufayli AQShga BMT nizomini eslatdi
08:08 / 08.01.2026
AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda
13:19 / 03.01.2026