Jamiyat | 07:43 / 06.02.2017
7404
1 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Italiyada mashhur karnaval boshlandi

Foto: marchesini62/Shutterstock

Italiyada har yilgi an'anaviy karnaval boshlandi. U bir oy davom etadi. 5-fevraldan 5-mart kuniga qadar har yakshanba Toskanadagi Viarejio shahrida turli xil paradlar o‘tkaziladi: ko‘chalar bo‘ylab pape-mashedan bo‘lgan ulkan shakllar bilan bezatilgan platformalar aylanib o‘tadi. 

Karnaval ilk bor 144 yil muqaddam – 1873-yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda bu an'ana norozilik namoyishi tufayli paydo bo‘lgan: hukumat gullar bilan bezatilgan platformalar paradini uyushtirmoqchi bo‘lganda, aksariyat fuqarolar bu tadbir tufayli yig‘ilgan katta soliqlarga norozilik tariqasida pape-mashedan niqoblar kiyib olgandi. 

Bugun esa parad – shunchaki quvnoq bayram. U har yili Tirreno dengizi bo‘yida joylashgan bu go‘zal shaharga 600 mingga yaqin tomoshabinni jalb qiladi..

 

Mavzuga oid